Ispaniyalik jurnalist Pepe Alvares «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining Madridning «Real» klubiga o‘tish ehtimolini 90 foizga baholadi. Avvalroq Alvares agar xavbek ispan klubiga o‘tadigan bo‘lsa, 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishi haqida xabar bergan edi.

O‘tgan mavsumda Rodri barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Nufuzli Transfermarkt internet-portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Shuningdek, shu yozda Rodri Ispaniya terma jamoasi tarkibida JCH-2026 g‘olibiga aylandi.

Manba: Stadion.uz