JCH-2018 g‘olibi Qatarning ikkinchi divizioniga ko‘chib o‘tdi

«PSJ»da o‘ynagan taniqli fransiyalik himoyachi Presnel Kimpembe faoliyatini Qatarda davom ettiradi. Bu haqda L'Équipe jurnalistlari xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining yangi ish joyi ikkinchi divizionda ishtirok etuvchi «Al-Harityat» klubi bo‘ladi. Hozirda Kimpembe erkin agent maqomida. Fransiyalik o‘yinchining so‘nggi klubi «Qatar» FK bo‘lgan edi. U ushbu jamoa safida ichki musobaqalarda 11 ta o‘yin o‘tkazgan.
Kimpembe — «PSJ» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. U Parij grandi safida 2013 yildan 2025 yilgacha to‘p surgan. Fransiya terma jamoasi tarkibida 2018 yilgi Jahon chempionati va 2021 yilgi Millatlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar