«Chelsi»ning 22 yoshli argentinalik vingeri Alexandro Garnacho Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Atletiko»da allaqachondan beri Garnachoning o‘yiniga qoyil qolishadi va futbolchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Xabar qilinishicha, «Chelsi» 70 million yevro miqdoridagi transfer takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor.

Shu bilan birga, «Atletiko» Garnachoga da’vogar bo‘lgan bir nechta klublardan biri ekanligi ta’kidlanmoqda. Futbolchining xizmatlariga Yevropa va Saudiya Arabistonining boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Garnacho barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 8 bor ishg‘ol qildi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz