«Chelsi»ning Malo Gyustoning ehtimoliy transferi bo‘yicha qo‘yayotgan talablari «Manchester Siti» uchun juda yuqorilik qilmoqda.

Fabrisio Romanoning bergan ma’lumotiga ko‘ra, London klubi 23 yoshli himoyachini 75 million funt sterlingga baholamoqda. «Shaharliklar»ga fransuz futbolchisining o‘yini ma’qul kelmoqda, biroq ular bunchalik katta summani to‘lash niyatida emaslar.

Agar «ko‘klar» o‘z talablarini pasaytirishmasa, «Siti» e’tiborini boshqa nomzodlarga qaratadi.

APLning o‘tgan mavsumida Gyusto 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz