Gyuler «Real»da Mourinyo bilan ishlash haqida fikr bildirdi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi, turkiyalik Arda Gyuler jamoaning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlash haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Mourinyo kabi afsona bilan ishlash — ajoyib imkoniyat. U va uning yordamchilari hamma narsani juda yaxshi tushuntirib berishadi. Maydondan tashqarida esa ular juda samimiy. Yanada yaxshiroq natijalar ko‘rsatish uchun ish boshlaganimdan xursandman. Mavsumlaroro yig‘in davomida eng muhimi — jismoniy tayyorgarlik ustida ishlashdir. shuningdek, bosh murabbiyning talablariga quloq solish va ularni tushunish ham juda muhim», — deydi yarim himoyachining so‘zlarini Mundo Deportivo nashri.
La Liganing o‘tgan mavsumida Gyuler 33 ta o‘yinda maydonga tushgan. 21 yoshli turkiyalik futbolchi 4 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar