Qanot hujumchisi Alexandro Garnacho yozgi transfer oynasida «Chelsi»ni tark etishi mumkin. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Garnacho «Chelsi» uchun «tegib bo‘lmas» o‘yinchi emas. Agar yaxshi taklif tushsa, «ko‘klar» 22 yoshli argentinalikni qo‘yib yuborishadi, ammo klub ijara variantlarini ko‘rib chiqmayapti — faqat to‘liq sotib olish nazarda tutilmoqda.

O‘tgan yozda «Chelsi» Garnachoni «Manchester Yunayted»dan 46 million yevroga sotib olgan edi. London jamoasi safida u barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va to‘rtta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Manba: Stadion.uz