«Galatasaroy» Kevin De Bryuyneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
«Napoli» yarim himoyachisi Kevin De Bryoyne «Galatasaroy»ning qiziqish doirasiga tushib qoldi.
Istanbul klubi belgiyalik futbolchini tarkibni kuchaytirish uchun ideal variant sifatida ko‘rmoqda va futbolchining o‘ziga ham, «Napoli»ga ham jiddiy taklif tayyorlamoqda. Biroq muzokaralar reglament cheklovlari sababli murakkablashmoqda: «Galatasaroy»da ma’lum bir yoshdan oshgan legionerlar uchun faqat bitta kvota qolgan va rahbariyat hozirda undan qanday unumli foydalanishni baholamoqda.
Turkiya grandi «Manchester Siti»ning sobiq a’zosini Istanbulga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirish uchun unga yuqori maoshli ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Munosib taklif tushsa, Neapol klubi sotuv variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda tuttomercatoweb.com nashri yozmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar