«Sanderlend» hujumchisi Eliyezer Mayenda «Renn»ga o‘tishi oldidan tibbiy ko‘rikning ikkinchi qismidan o‘tmoqda, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Liga 1 klubi 21 yoshli futbolchi uchun taxminan 22 million funt sterling to‘lashi kutilmoqda va ayni paytda kelishuv yakuniy bosqichga kirdi.

Ispaniyalik hujumchining «Sanderlend» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan bo‘lsa-da, «Renn» uni o‘z safiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi.

O‘tgan mavsumda Mayenda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga erishgan.

Manba: Stadion.uz