Ferdinand Uelbekka «Chelsi»ni rad etib, «Manchester Yunayted»ga qaytishni maslahat berdi

Angliya terma jamoasi va «Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi, hozirda televideniyeda ekspert sifatida faoliyat yuritayotgan Rio Ferdinand «qizil iblislar»ning sobiq forvardi Denni Uelbekga Londonning «Chelsi» klubi tomonidan bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi.
«Ularni mensima va uyga qayt. Yangi mavsumda «MYU» UYEFA Chempionlar ligasida o‘ynaydi», — deyiladi afsonaviy futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida 35 yoshli hujumchi «Brayton» safida 37 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uelbek o‘z hisobiga 13 ta gol va 1 ta golli uzatma yozib qo‘ygan. Shuningdek, forvard 5 marotaba sariq kartochka bilan ogohlantirilgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar