«Fenerbahche» Rafael Leauni 40 million yevroga sotib olmoqchi

Rafael Leauning «Fenerbahche»ga o‘tishi mumkin bo‘lgan transfer shartlari ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Yag‘iz Sabunjuog‘luning xabar berishicha, Turkiya klubi «Milan» vingerini 40 million yevro yoki undan kamroq summaga sotib olmoqchi.
Biroz vaqtdan beri «Fenerbahche» futbolchining vakillari bilan muzokara olib borayotgan edi va endi ehtimoliy bitim shartlarini Italiya klubi bilan muhokama qiladi.
O‘tgan mavsumda Leau A Seriyaning 29 ta o‘yinida maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar