«Fenerbahche» Rafael Leau uchun «Milan»ga 42 mln yevrolik rasmiy taklif bilan chiqdi

Sport Mediaset nashri xabariga ko‘ra, «Fenerbahche» «Milan» vingeri Rafael Leauni sotib olish bo‘yicha dastlabki rasmiy taklifni ilgari surdi. Turklar bonuslar bilan birgalikda umumiy qiymati 40 million yevro va qo‘shimcha 2 million yevrolik taklif paketini taqdim etdi.
Turkiya grandi direktori Jixan Kamerni taklifni shaxsan yetkazish uchun Italiyaga yubordi. Kelishuv paketi 5 million yevrolik dastlabki ijara to‘lovi va mavsum oxirida 35 million yevrolik majburiy sotib olish shartidan iborat.
Portugaliyalik futbolchi ushbu kelishuvga rozilik berishga tayyor, chunki bu transfer uning amaldagi maoshini ikki baravarga oshirib, yiliga 12 million yevroga yetkazadi.
Biroq, bu yozda Gonsalo Ramush va Mario Gila uchun 100 million yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan «Milan» tezkor pul mablag‘lariga ehtiyoj sezgani sababli ijara formulasini darhol rad etdi va to‘liq, to‘g‘ridan-to‘g‘ri transferni talab qilmoqda.
Leauning jamoadan ketishi deyarli aniq bo‘lib turganiga qaramay, «rossonerilar» futbolchi uchun 50 million yevrolik narx belgilab olishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar