Taniqli insayder Fabrisio Romano «Manchester Siti» va «Real Madrid» klublarining «Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandesga bo‘layotgan qiziqishlari haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

"Real" bilan kelishuv amalga oshmaganidan keyin paydo bo‘lgan yangi mish-mishlarga qaramay, ayni damda "Manchester Siti" va Enso Fernandes o‘rtasida hech qanday muzokaralar olib borilmayapti. Ensoning kelajagi faqatgina Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng muhokama qilinadi", — deb yozdi Romano.

Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning klub bilan shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha turnirlarda 54 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandesning transfer qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz