Duran «An-Nasr»ga qaytishni istamayapti

Hujumchi Jon Duran «Zenit»dagi ijara muddati tugaganidan so‘ng «An-Nasr»ga qaytishni istamayapti.
Kolumbiyalik futbolchi o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini Sankt-Peterburg klubida o‘tkazdi. U RPLda oltita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi. Rossiya kubogida esa hujumchi uchta o‘yinda maydonga tushib, yana bitta golga mualliflik qildi.
Jurnalist Yag‘iz Sabundjuogluning xabar berishicha, «An-Nasr» hujumchini jamoa tarkibida ko‘rishni istamayapti, futbolchining o‘zi ham klubga qaytishga qarshi.
Duranning vakili 22 yoshli futbolchining kelajagini muhokama qilish uchun «An-Nasr» rahbariyati bilan uchrashish maqsadida Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar