Denni Uelbek «Chelsi» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi

talkSPORT xabariga ko‘ra, Denni Uelbek «Chelsi» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Hozirda «aristokratlar» va «Brayton» o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
«Brayton» tajribali hujumchisining ketishiga qarshi emas va tomonlar o‘zaro kelishuvga erishgan taqdirda, uning o‘tishiga to‘sqinlik qilmaydi.
«Chelsi» 35 yoshli forvard transferini yaqin orada yakunlashiga ishonch bildirmoqda.
Avvalroq «Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso ushbu transferni shaxsan ma’qullagani haqida xabar berilgan edi. Klub Uelbekni yosh tarkibga yetakchilik qila oladigan va tajribasi bilan jamoaga yordam beradigan muhim xarid sifatida ko‘rmoqda.
O‘tgan mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar