Daych: «Iraola quyi ligalar futbolini faqat yuqori darajada yo‘lga qo‘ygan»

Angliyalik mutaxassis, «Byornli», «Everton» va «Nottingem Forest» jamoalarining sobiq bosh murabbiyi Shon Daych yaqinda «Liverpul» jilovini qo‘lga olgan ispaniyalik mutaxassis Andoni Iraola haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Liverpul klubiga tayinlanishidan oldin Iraola uch yil davomida «Bornmut»da faoliyat yuritgan edi.
«Mohiyatan olganda, Iraola quyi ligalar futbolini faqat yuqori darajada yo‘lga qo‘ygan. Ular doimo to‘pni raqib himoyachilarining ortiga tashlab berishadi, sizni orqaga qayrilishga majbur qilishadi va oxir-oqibat sindirishadi. Bu o‘sha futbolning yuqori sifatli va kuch-quvvatga boy versiyasidir.
Men hayratda qolgandim, chunki «Everton»daligimizda, u odatda biz tasavvur qiladigan ispanicha futbolni o‘ynashga harakat qilganida, biz ularni shunchaki yanchib tashlagandik. Menimcha, u ajoyib murabbiy: bu taktika ish bermasligini darhol tushunib yetdi.
Keyingi safar to‘qnash kelganimizda esa, ular allaqachon to‘pni orqamizga tashlab, bizni qayrilishga majbur qilishayotgandi. Qanot himoyachilari doimo o‘z darvozalari tomon yugurishga majbur bo‘lishar, markaziy himoyachilar esa umuman tin olishmasdi. Jamoa butunlay boshqacha qiyofaga kirgan edi. U ajoyib ishni amalga oshirdi», — dedi Daych The Good, the Bad and The Football podkasti efirida.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar