Dastan Satpayevga «Chelsi»dagi debyut goli uchun atigi yetti daqiqa yetarli bo‘ldi

17 yoshli qozog‘istonlik hujumchi Dastan Satpayev bugun, 28 iyul kuni «Vestern Sidney Uonderers»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida «Chelsi» safida debyut qildi. Forvard maydonga asosiy tarkibda tushdi. Bellashuv Sidneydagi Accor Stadium maydonida bo‘lib o‘tmoqda va hozirda hisob — 1:1. London klubining o‘yindagi ilk goliga aynan Satpayev mualliflik qildi.
Ta’kidlash joizki, Dastanga yangi jamoasi safida gol urish uchun maydonda 7 daqiqadan ham kamroq vaqt (6 daqiqadan sal ko‘proq) kifoya qildi. Shu tariqa, u «Chelsi»dagi gollari hisobini ochdi.
2026 yilning yozida ilgari «Qayrat» sharafini himoya qilgan Satpayev «Chelsi» a’zosiga aylangan edi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 3,5 million yevroni tashkil etadi.
«Chelsi» 2025/2026 yilgi mavsumda Angliya Premyer-ligasining 38 ta o‘yinida 52 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinni egallagan edi. «Vestern Sidney Uonderers» esa o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Avstraliya A-ligasi guruh bosqich jadvalida so‘nggi (12-o‘rin) pog‘onadan joy olgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar