«Chelsi» yarim himoyachisi allaqachon «Manchester Yunayted» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tdi

22 yoshli markaziy yarim himoyachi Andrey Santos «Manchester Yunayted»ga o‘tishga yaqin turibdi. Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi» xavbeki «qizil iblislar» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tgan.
U 2031-yil yoziga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzolaydi. Transfer summasi 58,5 million yevroga baholanmoqda.
Andrey Santos Londonning «Chelsi» klubida 2025-yil yozidan buyon to‘p suradi. «Ko‘klar» safida braziliyalik futbolchi barcha musobaqalarda 47 ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urgan va beshta assistni amalga oshirgan.
Angliya premyer-ligasining yangi mavsumi 21-avgust kuni boshlanadi. «Manchester Yunayted» birinchi turda elita divizioni debyutanti – «Xall Siti»ga qarshi o‘ynaydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar