Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «Chelsi» yosh himoyachi Mamadu Sarrni shu yoz ijaraga berib yuborishga tayyor.

20 yoshli futbolchi 2025 yil iyun oyida «Strasburg»dan sotib olingan va shundan so‘ng ijara asosida yana Fransiyaning Liga 1 klubiga qaytarilgan edi.

London klubiga Liam Rosenyor kelganidan so‘ng, Sarrning ijara muddati muddatidan oldin tugatildi va u o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida «Chelsi» safida oltita o‘yinda maydonga tushdi.

The Standard nashri xabariga ko‘ra, «Chelsi» Sarrga o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi uchun uni yozgi transfer oynasida ijaraga berishni maqsad qilgan.

«Chelsi» ayni paytda Maksans Lakrua transferiga e’tibor qaratmoqda, shu bois Sarrning londonliklar tarkibida asosiy o‘rinni egallash imkoniyatlari kam bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz