«Chelsi» himoyachisi Alonso qo‘l ostidagi mashg‘ulotlar haqida aytib berdi

«Chelsi» himoyachisi Livay Koluill yangi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan ishlash haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Biz uning qo‘l ostida o‘ynayotganimizdan juda faxrlanamiz. Mashg‘ulotlarda u o‘z mahorat darajasini ko‘rsatib berganda, bu mahorat hech qayerga yo‘qolmagani ayon bo‘ladi.
U shunchaki hech narsa bo‘lmagandek to‘pni uzatib beradi va har safar mukammal pas chiqadi. Ba’zida bunga biroz havas qilishing ham mumkin. U ajoyib murabbiy va o‘z vaqtida aql bovar qilmas darajadagi futbolchi bo‘lgan, shuning uchun undan o‘rganish bizga juda foydali bo‘ladi.
U bizga o‘z o‘yin rejasini tushuntirmoqda va bizni o‘zi xohlagan futbolni — ya’ni kreativ, hujumkor va erkin futbolni o‘ynashga undamoqda. O‘ylashimcha, bu bizda juda yaxshi chiqmoqda», — dedi Koluill.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar