"Chelsi"ga Xabi Alonsoning transfer maqsadi uchun to‘lanishi kerak bo‘lgan summa ma’lum qilindi

"Chelsi" "Real"ga o‘tib ketgan himoyachi Mark Kukurelyaning o‘rniga o‘rinbosar izlamoqda. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "ko‘klar"ning yangi bosh murabbiyi Xabi Alonsoning asosiy maqsadi — "Rayo Valyekano" futbolchisi Pep Chavarriya. Ispaniya klubi rahbariyati "Chelsi"ni o‘z o‘yinchisini faqat shartnomada ko‘rsatilgan tovon puli — 50 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishidan ogohlantirdi.
2025/26 yilgi mavsumda Chavarriya Ispaniya klubi safida barcha turnirlarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta samarali uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar