«Bornmut»ning 20 yoshli markaziy hujumchisi Eli Junior Krupining kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Insayder Krrish’ning ta’kidlashicha, «Tottenxem» Krupi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazgan va futbolchining London klubiga ko‘chib o‘tishni istayotganini aniqlagan. Fransuz hujumchisi Roberto De Dzerbi qo‘l ostida to‘p surish g‘oyasidan ilhomlangan va agar klublar o‘zaro kelisha olsa, «shporlar» safiga qo‘shilishga tayyor.

Biroq «olchalar» (Bornmut) hozircha Krupini sotishga tayyor emas, chunki u klub loyihasining asosiy figurasi hisoblanadi. Manbalarning xabar berishicha, faqatgina 100 million yevrolik taklifgina «Bornmut»ni fikridan qaytarishi mumkin.

Yakunlangan mavsumda Krupi barcha turnirlarda 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Manba: Stadion.uz