Misrlik hujumchi Muhammad Saloh endi «Beshiktosh»ning asosiy transfer nishoni emas. Bu haqda Turkiye Today nashri xabar bermoqda.

Istanbul klubi futbolchi vakillari so‘ragan pul miqdorini haddan tashqari yuqori deb topdi va faol muzokaralarni to‘xtatishga qaror qildi.

«So‘nggi taklifimiz o‘z kuchida qoladi, ammo uni oshirmaymiz. Bu — «Beshiktash» moliyaviy tamoyillariga mos keladigan oxirgi chegara», — dedi klub sport direktori O‘nder O‘zan.

Mutasaddining tushuntirishicha, agent o‘z komissiyasini so‘rashga haqli, biroq klub jamoaning moliyaviy barqarorligiga putur yetkazadigan shartlarga rozi bo‘lmagan.

Bundan tashqari, futbolchining imij huquqlari hamda liboslar sotuvidan tushadigan daromadni bo‘lishish bo‘yicha talablari ham muzokaralarni murakkablashtirgan.

Manba: Stadion.uz