«Beshiktosh» «Nyukasl» yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

The Telegraph nashrining xabar berishicha, «Beshiktosh» «Nyukasl» yarim himoyachisi Jozef Uillok bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.
Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, klublar 26 yoshli angliyalik futbolchining transfer summasi bo‘yicha allaqachon muzokaralar olib bormoqda. Shu bilan birga, «Nyukasl» futbolchiga yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmayapti.
Uillok 2021 yilning avgustidan beri «Nyukasl»da o‘ynab kelmoqda, uning amaldagi bitimi 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 14 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar