"Arsenal"ning belgiyalik qanot himoyachisi Leandro Trossard faoliyatini Turkiyaning "Beshiktosh" klubida davom ettiradi.

Jurnalist Yajiz Saboncho‘g‘lu ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Istanbul klubi futbolchi bilan uch yillik shartnoma tuzishga rozi bo‘lgan. Uning sof maoshi 8 million yevrodan kam bo‘ladi, ma’lum natijalarga erishganlik uchun bonuslar ham qo‘shiladi.

31 yoshli futbolchining "Arsenal" bilan shartnomasi 2027 yil yozida tugaydi.

O‘tgan mavsumda Trossard "Arsenal" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, sakkizta gol urgan va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt qanot himoyachisini 18 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz