«Beshiktash» «Monako» himoyachisi transferini e’lon qildi

Fransiyalik himoyachi Kassum Uattara faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradi. 21 yoshli futbolchining «Beshiktosh» klubiga o‘tgani haqida klub rasmiy sayti xabar berdi.
Uattara monegasklar safida 2023 yilning noyabr oyidan buyon harakat qilib kelayotgan edi, u yerga futbolchi «Amyen» klubidan ko‘chib o‘tgandi. Shu vaqt ichida chap qanot himoyachisi klubning barcha musobaqalarida jami 57 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi, 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va 9 bor ogohlantirildi.
«Monako» tarkibida futbolchi jamoasiga ikki marta Liga 1 mavsumini sovrinli o‘rinlarda yakunlashiga hamda Chempionlar Ligasi saralashiga yo‘llanma olishiga yordam berdi. Uning mazmunli o‘yinlari Fransiya yoshlar terma jamoasiga chaqiruv olishiga sabab bo‘ldi va u yerda 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.
«Beshiktosh» o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra to‘rtinchi o‘rinni egallagan edi. Ushbu transfer Istanbul klubiga 8 million yevroga tushdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar