«Bavariya» vingeri Luis Dias Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. «Al-Hilol» kolumbiyalik futbolchi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. Offer summasi — 105 million yevro. Bu haqda Arabistonning Abu Latifa nashri xabar bermoqda.

Saudiya klubi «Bavariya»ga yakuniy javob uchun 24 soat vaqt berdi, shundan so‘ng taklif qaytarib olinadi.

Shu bilan birga, futbolchining o‘zi «Al-Hilol»ga o‘tishga rozilik berib bo‘lgan. U yerda u yiliga 37 million yevrodan ortiq maosh oladi.

Manba: Stadion.uz