Barselona» va «Real» bir himoyachi uchun kurash olib bormoqda

«Barselona» va Madridning «Real» klubi «Tottenxem» markaziy himoyachisi Kristian Romeroni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
TEAMtalk nashriga tayanib Transfer News Live xabar berishicha, La Liganing har ikkala grandi argentinalik futbolchi bo‘yicha allaqachon muzokaralar o‘tkazgan. «Atletiko» ham vaziyatni kuzatib borishda davom etmoqda. Tarqalayotgan mish-mishlarga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi joriy transfer oynasida «shporlar» safini tark etishga tayyor.
«Tottenxem» o‘z sardori uchun 50 million funt sterlingdan ortiq (deyarli 59 million yevro) mablag‘ talab qilmoqda.
Yakshanba kuni Kristian Romero Argentina terma jamoasi safida jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi bahs olib borib, mag‘lubiyatga uchradi (0:1).
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar