«Barselona»ning sobiq futbolchisi klub uchun hujumchi topdi: «U 35 tadan ortiq gol urishi mumkin edi»

«Barselona»ning sobiq futbolchisi Jofre Mateu klubning yangi hujumchi sotib olish istagi yuzasidan o‘z fikrini bildirdi.
Faxriy futbolchi juda kutilmagan nomzodni tavsiya etdi. Mateuning hisoblashicha, «ko‘k-anorranglilar» «Sporting» forvardi Luis Suaresga e’tibor qaratishlari lozim.
«Masalan, «Sporting»dan Luis Suares arzonroq tushadi. O‘ylashimcha, u Olmo, Pedri va Lamin [YAmal] bilan birgalikda hujum chizig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lar edi. U 35 tadan ortiq gol urishga qodir», — dedi Mateu.
Luis Suares «Sporting» safida 53 ta o‘yin o‘tkazgan. Ushbu bahslarda forvard 38 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining mehnat shartnomasi 2030 yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 30 million yevroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar