«Barselona» Krupi transferida «Siti» va «PSJ»ni ortda qoldirmoqda, ammo...

Diario Sport nashrining xabar berishicha, «Barselona»ning sport bo‘limi «Bornmut» hujumchisi Eli Jyunior Krupining ehtimoliy 100 million yevrolik yozgi transferi bo‘yicha atrofida qizg‘in ichki bahs-munozaralarni olib bormoqda.
20 yoshli fransuz hujumchisi «Atletiko Madrid» forvardi Xulian Alvaresning transferi amalga oshmay qolgan taqdirda «Barsa» uchun asosiy muqobil variant sifatida qaralmoqda.
Klub bosh murabbiyi Xansi Flik Krupining tinimsiz pressingi va jamoaviy mehnatsevarligini yuqori baholab, transferni tezroq hal qilishni allaqachon ma’qullagan. Hujumchi Andoni Iraola qo‘l ostida ajoyib mavsum o‘tkazib, 35 ta o‘yinda 13 ta gol urishga erishdi.
Biroq, direktorlar kengashining bir nechta a’zolari hali o‘zini u darajada yaxshi ko‘rsata olmagan yosh iste’dod uchun 100 million yevro sarflashni ulkan moliyaviy tavakkal deb hisoblab, bu xaridga qarshi chiqmoqda.
«Barsa» transferda raqobatchilari «Manchester Siti» va «PSJ»ga nisbatan ustunlikka ega bo‘lib turgan bir paytda, «Bornmut» ijrochi direktori Tyagu Pintu ingliz klubi mavsum boshlanishiga oz fursat qolganda o‘z yulduz forvardini qo‘yib yubormaslik uchun kurashishini ma’lum qildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar