«Barselona» Mark Kasadoning ehtimoliy transferi bo‘yicha o‘z talablarini ma’lum qildi.

Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi 22 yoshli yarim himoyachining sotuvidan taxminan 40 million yevro ishlab olmoqchi. «Blaugrana» o‘zini qoniqtirmagan bitta taklifni rad etib bo‘ldi.

Ispaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda. Agent Jorje Mendesh o‘z mijoziga mumkin bo‘lgan variantlar haqida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, «Barsa» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik futbolchi bilan xayrlashishga tayyor — u jamoaning yarim himoya chizig‘i yetarlicha shakllangan deb hisoblaydi.

La Liganing o‘tgan mavsumida Kasado 24 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘rtacha 40 daqiqadan harakat qilgan.

Manba: Stadion.uz