«Barselona» hujumchi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi

Angliyaning «Bornmut» klubi forvardi Eli Junior Krupi Kataloniyaning «Barselona» klubiga o‘tib qolishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Jurnalistlarning ma’lumotiga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» vakillari 20 yoshli fransuz hujumchisining agentlari bilan bog‘lanishgan. Tomonlar ehtimoliy transfer tafsilotlarini muhokama qilishgan.
«Barsa» Krupiga Madridning «Atletiko» klubi sharafini himoya qilayotgan argentinalik Xulian Alvaresga muqobil variant sifatida qaramoqda.
Angliya Premyer-ligasining o‘tgan mavsumida hujumchi «Bornmut» safida 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Fransiyalik futbolchi o‘z hisobiga 13 ta gol yozib qo‘ygan bo‘lib, ulardan ikkitasini 11 metrlik nuqtadan kiritgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar