«Barselona» «Chelsi» va «Manchester Siti»ning taklifiga rad javobini berdi

Himoyachi Alexandro Balde shu yozda «Barselona»ni tark etmaydi.
Diario SPORT nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Chelsi»dan 80 million yevro miqdorida takliflar tushganiga qaramay, kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta futbolchini «daxlsiz» deb hisoblaydi. «Ko‘k-anorranglilar» sport direktoru Deku futbolchiga qiziqish bildirayotgan barcha jamoalarni himoyachi sotilmasligi haqida ogohlantirgan.
Alexandro Balde — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisidir. Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «ko‘k-anorranglilar» safida barcha turnirlarda 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar