«Barselona» Alvaresga APL top-klubidan muqobil variant topdi

«Manchester Yunayted» hujumchisi Benyamin Sheshko «Barselona»ning qiziqishlar doirasiga tushib qoldi.
«Ko‘k-anorranglilar»ning asosiy transfer maqsadi hamon Xulian Alvares bo‘lib turibdi, biroq «Atletiko»ni argentinalik futbolchini sotishga ko‘ndirish oson bo‘lmaydi. Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Sheshko Kataloniya grandi uchun «matraschilar» yulduzi borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan taqdirda zaxira variantlaridan biri hisoblanadi. «Barselona» rahbariyati sloveniyalik forvard Xans-Diter Flikning talablariga to‘liq mos keladi deb hisoblamoqda.
O‘tgan yilning yozida «Manchester Yunayted» Benyamin Sheshkoni «RB Leypsig»dan 76,5 million yevro evaziga sotib olgan edi. Yakunlangan mavsumda 23 yoshli futbolchi «qizil iblislar» libosida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 12 ta gol va 1 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar