Santanderning «Rasing» klubi himoyachisi Xorxe Salinas «Barselona»ning transfer nishonlari ro‘yxatidan joy oldi.

Jurnalist Ferran Korreasning ta’kidlashicha, «ko‘k-anorranglilar» 19 yoshli futbolchini o‘z short-listiga kiritgan. Hozircha Salinas borasida yakuniy qarorga kelingani yo‘q, biroq u kataloniyaliklar sport direktoriga juda manzur bo‘lgan. Qayd etilishicha, Salinasning shartnomasida 8 million yevro miqdorida tovon puli (sotib olish opsiyasi) ko‘rsatilgan.

2025/26 yilgi mavsumda Salinas barcha musobaqalarda jami 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 7 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, yosh himoyachining ayni paytdagi transfer bahosi 5 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz