«Barsa» yuqori narx sababli Diomandedan voz kechdi

«Barselona» transfer qiymati yuqoriligi sababli Yan Diomande bilan shartnoma imzolashdan voz kechdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, Kataloniya klubi bir necha oy oldin «RB Leypsig» bilan hujumchi bo‘yicha bog‘langan, biroq nemislar futbolchini 100 million yevrodan ortiqroqqa baholashgan. Oqibatda «Barselona» Entoni Gordon foydasiga tanlov qilib, uning nomzodidan voz kechishga qaror qilgan.
Oldinroq «Real» Diomandening transferini 100+ million yevroga kelishib olgani xabar qilingan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar