«Brayton» yarim himoyachisi Karlos Baleba «Manchester Yunayted»ga ko‘chib o‘tishni xohlaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» o‘tgan yozda ham futbolchini sotib olmoqchi bo‘lishgan, biroq «chaykalar»ning yuqori moliyaviy talablari tufayli kelishuvdan voz kechishgan edi. Manbaning xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yarim himoyachining pozisiyasidan xabardor, ammo ayni damda uning transferini ko‘rib chiqmayapti. Qayd etilishicha, klub faqat boshqa futbolchilar bo‘yicha kelishuvlar amalga oshmay qolgan taqdirdagina ushbu variantga qaytishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumda Baleba barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

22 yoshli kamerunlik futbolchining «Brayton» bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlari o‘yinchini 55 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz