«Atletiko» Yulmann transferini e’lon qildi

Tayanch yarim himoyachisi Morten Yulmann Lissabonning «Sporting» klubidan Madridning «Atletiko» jamoasiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda «matraschilar» matbuot xizmati xabar bermoqda.
27 yoshli futbolchi Ispaniyaning top-klubi bilan 2031 yilning iyun oyiga qadar mo‘ljallangan mehnat shartnomasini imzoladi. Transfer summasi oshkor qilinmayapti, biroq avvalroq Yulmannning xaridi «Atletiko»ga 45 million yevroga tushishi xabar qilingan edi.
Yulmann 2023 yildan 2026 yilgacha «Sporting» sharafini himoya qilgan. Bu vaqt ichida daniyalik futbolchi 141 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Ispaniyada yangi mavsum avgust oyi o‘rtalarida start oladi. Birinchi turda «Atletiko» o‘z maydonida «Malaga»ni qabul qiladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar