«Atletiko»ning yangi xaridi Li Kan In harbiy byurokratiya sabab Madridga uchib keta olmayapti

«Atletiko» klubining yozgi xaridi Li Kan In harbiy xizmatdan olingan imtiyoz talablari bilan bog‘liq ma’muriy cheklovlar sababli hozirda Janubiy Koreyani tark eta olmayapti. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.
«PSJ»dan 35 million yevro va qo‘shimcha bonuslar evaziga transfer qilingan 25 yoshli hujumkor yarim himoyachi xalqaro safar vizasi uzaytirilishidan oldin Janubiy Koreyaning «San’at va sport xodimlari» dasturi doirasidagi davlat rasmiyatchiliklarini yakunlashi shart.
Ushbu byurokratik ushlanib qolish sababli uning jamoaga mavsum oldi tayyorgarlik jarayoniga darhol qo‘shilishi so‘roq ostida qolmoqda. Agar muammo payshanba kunigacha hal bo‘lmasa, Antuan Grizmannning afsonaviy 7-raqamini qabul qilib olgan vinger Madridga borib o‘tirmasdan, «Atletiko»ning Seulda bo‘lib o‘tadigan turnesi vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri jamoa safiga qo‘shiladi.
Jismoniy holatni saqlab solish maqsadida Li Kan In «Seul» klubi bazasida shaxsiy murabbiyi bilan shug‘ullanmoqda hamda «Atletiko» murabbiylar shtabi tomonidan berilgan jismoniy va ovqatlanish dasturlariga qat’iy amal qilmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar