«Atletiko» hujumchisi Tyago Almada Braziliya chempionatiga qaytishi mumkin.

UOL nashrining xabar berishicha, «Flamengo» 25 yoshli Argentina terma jamoasi futbolchisi uchun 30 million yevro to‘lashga tayyor.

Avvalroq, «Botafogo»ning sobiq hujumchisi uchun Buenos-Ayresning «River Pleyt» klubi 20 million yevro taklif qilgan edi.

La Liganing o‘tgan mavsumida Almada 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etgan.

Manba: Stadion.uz