«Milan» himoyachisi Pervis Estupinyan faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

Insayder Fabrisio Romanoning ma’lumotlariga ko‘ra, ekvadoriyalik futbolchi «Aston Villa»ning chap qanot himoyasini kuchaytirish uchun belgilangan uch kishilik short-listiga kiritilgan. Birmingem klubi allaqachon transfer bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

Estupinyan «Vilyarreal»da «Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri qo‘l ostida ishlagan.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli himoyachi A Seriyada 19 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz