«Aston Villa» Emiliano Martinesni «Yuventus»ga 7 million yevroga sotmaydi

«Aston Villa»ning argentinalik darvozaboni Emiliano Martines, agar turinliklar o‘z takliflarini oshirishmasa, «Yuventus»ga o‘tmaydi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Aston Villa» 33 yoshli darvozabonni «Yuventus»ga olti-etti million yevro evaziga qo‘yib yubormoqchi emas. «Sherlar» dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblangan Martines uchun ancha yuqori summa talab qilmoqda.
Martines «Aston Villa»da 2020-yildan beri to‘p surib kelmoqda. O‘tgan mavsumda argentinalik darvozabon barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 49 ta gol o‘tkazib yubordi va 14 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar