«Arsenal» «Yuventus» yulduzi Kenan Yildiz transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yubordi

«Arsenal» klubi «Yuventus» vingeri Kenan Yildizni o‘z jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda Turkish-Football nashri yozmoqda.
Londonliklar futbolchi borasida rasmiy so‘rov yuborishdi. Angliya grandi Tursiya terma jamoasi JCH-2026 turniridan chiqib ketganidan so‘ng, ushbu transferni tezlashtirishga umid qilmoqda. Yildizning amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali vingerning transfer bahosini 75 million yevroga baholamoqda.
Kenan Yildiz «Yuventus» klubiga 2022 yilda o‘tgan edi. Bungacha vinger «Bavariya» tizimida to‘p surgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar