«Arsenal» yangi mavsum oldidan himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtiryapti

Londonning «Arsenal» klubi Jahon chempionatidan (JCH-2026) so‘ng Vilyai Salibaning umumiy ahvoli bo‘yicha tibbiy xulosalarni kutgan holda, uning jismoniy holatini jiddiy nazorat ostiga olgan.
«Kanonirlar» yangi mavsum oldidan biror bir yakuniy qarorga kelishdan avval futbolchining jismoniy tayyorgarligi va sog‘lig‘iga to‘liq baho berishni rejalashtirishmoqda.
Shu bilan birga, London klubi kutilmagan ko‘ngilsizliklarning oldini olish (zaxira rejasi) maqsadida transfer bozorida markaziy himoyachi pozisiyasi uchun bir nechta variantlarni o‘rganib chiqdi.
«Arsenal» o‘z radarlariga olgan himoyachilar qatorida «Kristal Pelas» a’zosi Maksans Lakrua va «Aston Villa» vakili Ezri Konsa bor. Bundan tashqari, so‘nggi haftalarda yana bir nechta nomzodlarning imkoniyatlari ham atroflicha tahlil qilingan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar