Londonning «Arsenal» klubi Vilyam Saliba og‘ir jarohat olganidan so‘ng markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirish variantlarini o‘rganib chiqmoqda.

Fransiyalik futbolchi bel qismidagi jarohati tufayli bo‘lajak mavsumning deyarli butun birinchi yarmini o‘tkazib yuborishi mumkin. The Sun Football xabariga ko‘ra, «kanonirlar» erkin agentga aylangan Jon Stounsni kuzatib bormoqda. «Manchester Siti»ning 32 yoshli sobiq futbolchisi Salibaga vaqtinchalik o‘rinbosar bo‘lishi mumkin.

Stouns «shaharliklar» safida o‘n yil davomida to‘p surib, shu vaqt ichida Premyer-liganing olti karra g‘olibiga aylangan edi. Ingliz futbolchisining shartnomasi iyul oyi boshida o‘z nihoyasiga yetdi.

Tajribali markaziy himoyachiga Italiyaning «Inter» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Manba: Stadion.uz