«Arsenal» Niko Uilyamsni sotib olmoqchi

«Atletik Bilbao» klubining ispaniyalik vingeri Niko Uilyams Londonning «Arsenal» klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «kanonirlar» Uilyamsning shartnomasida belgilangan 90 million yevrolik tovon pulini to‘lab, transferni amalga oshirishga tayyor. 23 yoshli futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» klublari ham qiziqish bildirmoqda, biroq ushbu kurashda aynan «Arsenal» peshqadamlik qilayotgani aytilmoqda.
Yakunlangan klub mavsumida Niko Uilyams barcha musobaqalarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Hujumchining «Atletik» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2035 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar