Hujumchi Gabriel Jezus shu yoz "Arsenal"ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Freyzer Fletcherning ma’lumotlariga ko‘ra, London klubi o‘z futbolchisini sotishga tayyor. Braziliyalik o‘yinchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Milan" qiziqish bildirmoqda. "Rossonerilar" forvardning transferi bo‘yicha variantlarni o‘rganib chiqmoqda. "Arsenal" o‘z o‘yinchisini sotish orqali 20 million funt sterling ishlab olmoqchi.

Gabriel Jezus 2022 yilda "Manchester Siti"dan "Arsenal"ga 52 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi "kanonirlar" safida barcha musobaqalarda 27 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Jezusning narxini 17 million yevroga baholamoqda.

Manba: Stadion.uz