«Arsenal»ga Salibaning o‘rnini bosadigan himoyachi taklif qilindi

Londonning «Arsenal» klubi asosiy markaziy himoyachisi Vilyam Salibadan uzoq muddatga ayrildi. Fransiyalik futbolchi jarohat sababli 4–5 oyga safdan chiqdi.
Caught Offside jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, «kanonirlar»ga Lissabonning «Sporting» klubi sharafini himoya qilayotgan belgiyalik himoyachi Zeno Debastning xizmatlari taklif qilingan. Potensial bitim summasi qariyb 40 million yevroni tashkil etishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Debast Portugaliya jamoasi safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Himoyachi JCH-2026 da Belgiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar