Arauxo «Barselona»ni tark etsa, klub zudlik bilan yangi transferni amalga oshiradi

Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachi Ronald Arauxoning jamoadagi kelajagi borasida reja tuzib oldi.
AS nashrining xabar berishicha, agar urugvaylik futbolchi joriy transfer oynasida klubni tark etadigan bo‘lsa, «Barselona» rahbariyati zudlik bilan uning o‘rnini to‘ldirish uchun yuqori darajadagi va katta tajribaga ega yangi markaziy himoyachini sotib oladi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar