Angliya chempionatining to‘rtta klubi «Seltik» hujumchisi Daidzen Maedani o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga kirishdi. Futbolchi hozir bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatida Yaponiya terma jamoasi tarkibidan joy olgan edi.

Chosun Daily nashrining qayd etishicha, 27 yoshli forvard guruh bosqichida Shvesiya terma jamoasi darvozasiga kiritgan goli, shuningdek, yuqori tezligi va faol pressingi tufayli ingliz klublari e’tiborini tortgan.

«Seltik» o‘z futbolchisini 15 milliondan 20 million funt sterlinggacha (taxminan 17,5-23,4 million yevro) baholamoqda.

Bu borada eng katta faollikni futbolchini anchadan beri kuzatib kelayotgan «Brentford» klubi ko‘rsatmoqda. Shuningdek, «Everton»da ham unga nisbatan qiziqish saqlanib qolgan — jamoa ustozi Devid Moyes Maedani hujum chizig‘i uchun universal futbolchi sifatida ko‘rmoqda. Bundan tashqari, «Nottingem Forest» va «Fulxem» klublari ham ushbu transfer haqida o‘ylab ko‘rishmoqda.

Manba: Stadion.uz