«Andijon» transfer taqiqidan qutildi: FIFA klubga qo‘yilgan cheklovni olib tashladi

Joriy yilning 16 iyul sanasida FIFA Intizom qo‘mitasi «Andijon» klubiga sobiq futbolchisi — Artyom Odinsov oldidagi qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga taqiq qo‘ygan edi.
Kecha, 27 iyul sanasida FIFA klub va futbolchi o‘rtasidagi nizo to‘liq hal qilingani hamda «Andijon» klubiga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo chorasi bekor qilinganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, klub endilikda o‘z safiga yangi futbolchilarni qo‘shib olish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar